2015 yil 14 yanvar. Eronning Xamadonidagi oʻrta maktablarning birida yuzlab oʻgʻil bola oʻquvchilar sochini tagi bilan oldirib keldilar.
Taxminlar qanday? Isib ketdi desa, yanvar oyi. Harbiy xizmatga tayyorgarlikmikan, ammo bolalar hali kichkina-ku.
Boz ustiga bolalarning bu ishidan bir oʻqituvchi – Muhammad Rizo Gadari koʻz yoshini tuta olmayapti: “Oʻquvchilar meni shunchalik yaxshi koʻrishidan baxtiyorman. Alloh goʻyo menga hayotni ikkinchi bor tuhfa etganday”...
Muhammad Rizo 36 yoshda, bu velosport boʻyicha koʻp karra Eron chempioni, Osiyo birinchiliklarida ham sovrinli oʻrinlarni egallagan, endilikda oʻrta maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi.
Oʻpka saratoni ortidan olgan muolajalari sabab sochi toʻkilgan. Yaqin doʻstining tashabbusi va maktab maʼmuriyati roziligi bilan 300 nafar oʻquvchi ustozga dardkashlik ramzi sifatida sochini oldiribdi.
Bunday hurmat-eʼzozga ustoz qanday erishibdi ekan? Ishlayotgan boʻlsa, sportchi karerasidan keyin koʻp ham ishlashga ulgurmagandir, oʻtadigan fani ham juda unaqangi tayanch fanlardan emas...
Hammasi juda oddiy – ustoz velopoygalarda qoʻlga kiritgan mukofot mablagʻlar, maoshidan bolalarga sport anjomlar, velosipedlar, kiyim bosh olib berishni odat qilgan ekan.
Bir necha sobiq jamoadoshlarini jalb etib, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun maxsus stipendiya ham joriy etgan ekan...
Bolalar – nozik hilqat, hammasini juda yaxshi sezadilar. Ular ustozning bunday jonkuyarligi va muhabbati negizlarini chuqur anglamasa ham, bu qandaydir olijanob ish, koʻngil ishi ekanini his etganlar, chamasi...
Xulosa va formula: “Bersang – olasan”.
Aniqlashtiramiz: “Olishni oʻylamay bersang – oʻylamagan darajangda olasan”.
Material: https://www.theguardian.com saytida eʼlon qilingan
“Hundreds of Iranian students shave their heads after teacher diagnosed with cancer” maqolasi asosida P.S.Ergashev tomonidan tayyorlandi.