Bola bilan munosabat oʻrnatishda:

— Qilmading (Oʻtgan zamon)

— Qilmaysan (Doimiy zamon) tamoyili muhim rol oʻynaydi.

Misol uchun:

Darsimda telefon oʻynab oʻtirasan (doimiy zamon)

Darsimda telefon oʻynab oʻtirding (oʻtgan zamon)

Koʻrinishidan farqi kattaga oʻxshab koʻrinmasa-da:

"Oʻynab oʻtirasan" — boladagi kamchilikni peshonasiga tamgʻadek urib, oʻzi sen shunaqa odamsan, hech qachon odam boʻlmaysan degan signalni beradi. ❌

"Oʻynab oʻtirding" — xato bir marta sodir boʻlganiga urgʻu berib, bugun xato qilgan boʻlsangda aslida unday bola emassan. Muammoni hal qilsak boʻladi degan xabarni beradi. ✅

Solishtiring:

Postlarimga umuman izoh qoldirmaysiz! ❌

Postlarimga umuman izoh qoldirmapsiz! ✅