Dars vaqtida talabalarga toʻgʻri koʻrsatma berish — darsning samarali oʻtishi bosh omillaridan.

Koʻp ustozlar — "nima qilmaslik" kerakligini aytib kamchilikka yoʻl qoʻyishadi. ❌

Chempion ustozlar esa — bolaga "nima qilish" kerakligiga urgʻu berishadi. ✅

Qoida: Bolaga nima ishlar bajarmasligini aytgandan koʻra — nima vazifa bajarishi kerakligini koʻrsatma bergan samarali hisoblanadi.

Yuqoridagi rasmda bajarmaslik va bajarish misollari keltirib oʻtilgan.

P.S: Ikkita iltimosni solishtiring:

Qadrli obunachilarim, iltimos, postni oʻqib shunchaki chiqib ketmang! ❌

Qadrli obunachilarim, iltimos, hoziroq reaktsiya qoʻyib, izohlarga " + " belgisini qoldiring! ✅