Quyida mahoratli pedagog — Hasan Klayton va uning darsida uxlab yotgan — Kevinʼning suhbatini koʻrib chiqamiz

Ustoz Hasan hamma oʻquvchilar xonani tark etayotganda Kevinni xonada qolishini soʻraydi:

Hasan: Darsda uxlayotganga oʻxshab koʻrinding, Kevin

Kevin: Javob qaytarmadi

Hasan: Toʻgʻri aytyapmanmi? Yoki adashdimmi?

Kevin: Toʻgʻri aytdingiz.

Hasan: Darsda nega uxlayotgan eding?

Kevin: Bilmayman. Kecha yetarlicha uxlagan edim, ammo baribir charchadim shekilli

Hasan: Bu yaxshi emas. Bilasanmi uxlayotganingda qancha mavzudan quruq qolding?

Kevin: Ha

Hasan: Bilasanmi seni darsimda uxlashingni koʻrib ichimdan nimalarni his qilaman?

Kevin: Mendan xafa boʻlasiz

Hasan: Darsda oʻtayotgan mavzularimizni muhim emas deb hisoblashingni his qilaman

Kevin: Bugun mavzularni mustaqil takrorlab olsamchi ustoz?

Hasan: Ha, bu qaroringdan juda xursandman. Biz qilayotgan ishlarimiz kelajagimizga, jamiyatga qanday taʼsir oʻtkazishini oʻylashimiz kerak

Kevin: Hop ustoz

Hasan: Koʻrishguncha Kevin!

Oʻta sodda boʻlib koʻringan yuqoridagi suhbatda Hasan Klayton qoʻllagan tamoyillarni koʻrib chiqamiz:

1. Hasan Klayton hammani oldida bolani nafsoniyatiga tegmasdan, alohida gaplashishni maʼqul koʻrdi.

2. Ustoz Hasan suhbat davomida umuman ovozini balandlatmadi va jahl ohangida ham gapirmadi. Bu bilan bolaning yopilib olishini oldini oldi. Shu bilan bir qatorda — oʻta mehribon va kechirim soʻrash ohangida ham soʻzlashmadi. Oʻzini bosib olgan holda — uyqu unga qanday zarar keltirishi haqida fikrlashga undadi;

3. Hasan Klayton "Darsimda uxlagan eding — oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim", deb emas "Uxlayotganday koʻrinding, adashmadimmi", deb Kevindan oʻz aybini oʻzi tan olishiga yoʻl ochib berdi.

4. Kevin oʻz aybini oʻzi tan olganidan keyin — Ustoz Hasan undagi muammoni, uxlaganini sabablarini samimiy ohangda soʻradi.

5. Ustoz Hasan Kevinning uxlashiga — bahona toʻqib bermadi. Uni haqiqiy muammo sifatida qabul qildi.

6. Suhbat davomida qisqa va loʻnda gapirdi — qancha koʻp soʻz ishlatsangiz shuncha gapingiz haybati yoqoladi.

7. Hasan Klayton shaxssizlantirish (depersonalizing) tamoyilini qoʻlladi. Yaʼni — oʻquvchining uxlab yotgani unga yoqmagani uchun emas, balki Kevinning kelajagiga salbiy taʼsir qilayotganidan tashvishlanishini taʼkidladi.

8. Kevin mavzuni takrorlab olishini aytganida — ustoz shunchaki mayli demasdan, buni muhim ekanligiga urgʻu berdi.

Doug Lemov «Teach Like A Champion» kitobidan.

Siz uxlab yotganlarga qanday chora koʻrasiz?