Hozir oʻrganamiz!
Oʻquvchilarning xulq-atvorini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar — Meyns va Robinson quyidagi xulosaga kelishgan:
Agar oʻqituvchilar oʻquvchilarga koʻrsatma berishda maxsus formuladan foydalansa, buzgʻunchi xatti-harakatlar 2 barobargacha kamayishi mumkin.
Qanday formula?
“A” ni bajarsang → “B” sodir boʻladi formulasi.
Yaʼni:
«Sen … qilganingda» (xatti-harakatni aytish)
→ «… bu sodir boʻladi» (oʻsha xatti-harakatning oqibatini aytish)
Misollar
❌ “Ahmad, shovqin qilishni bas qil.”
✅ “Ahmad, sen shovqin qilganingda boshqalar chalgʻiydi. Iltimos, baqirmasdan ish bilan shugʻullan.”
❌ “Pastroq gapir!”
✅ “Sherzod, sen javobni baland ovozda aytganingda, boshqalar fikrini ayta olmay qoladi. Iltimos, navbatingni kut.”
❌ “Chalgʻima!”
✅ “Nigora, sen derezaga qarab xayol sursang, topshiriqni tugata olmaysan. Iltimos, ishga eʼtibor qarat.”
Nega bu usul ish beradi?
Asosiy sabab — shaxssizlantirish (depersonalizing).
Bu usulda tanqid shaxsga emas, balki xatti-harakatga qaratilgan boʻladi.
Oʻquvchi:
• “Men yomonman” deb emas,
• “Men qilgan ish toʻgʻri emas” deb qabul qiladi.
Natijada u oʻzini himoya qilish yoki bahslashish oʻrniga, xatti-harakatini oʻzgartirishga moyil boʻladi.
Bu yondashuv sinfda sogʻlom muhitni shakllantirish va intizomni saqlashda amaliy va samarali vosita hisoblanadi.
Postni ustozlarga yuboring!