Oʻquvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun baʼzan koʻp javobli topshiriqlar berib turaman (divergent thinking).

Bugun quyidagi topshiriqni berdim:

“Tasavvur qiling, siz kimsaciz oroldasiz, hech narsangiz yoʻq. Tirik qolish uchun koʻlmakdan baliq ovlashingiz kerak. Qanday yoʻllar bilan tutishingiz mumkin? Eng koʻp javob yozgan jamoa yutadi”.

Yaxshi javoblar boʻldi:

• daraxtdan nayza yasayman;

• katta tosh tashlab, suvni quritib tutaman;

• ariqcha qazib, ichigi tushgan baliqlarni ushlayman.

Lekin undan-da oʻtadigan javob boʻldi, rosa qotib kuldim:

“Yuqoridagi uslublar bilan bitta baliq ovlayman. Keyin uni oʻldirib, suvga tashlayman. Qolgan baliqlar uning janozasiga kelganda, shartta hammasini ushlayman.” 😂

Sizda qanday antiqa javoblar bor?