Qadrli ustozlar, taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida @Ustoz_kundaligi kanalida oʻz sohasi mutaxassislari bilan turli mavzuda suhbatlar oʻtkazishimizdan xabaringiz bor.

Bugungi mehmonim, Andijon tibbiyot instituti oʻqituvchisi, @Pediatr_Nur blogi asoschisi — Pediatr Nur Olimovna.

Audiochatda:

✅ bolalarning yozda toʻgʻri dam olishini tashkillashtirish;

✅ ularning produktiv bilim olishi uchun sharoit yaratib berish;

✅ taʼtilning behuda oʻtib ketishini oldini olish mavzularini koʻrib chiqamiz.

✍️ Mavzu: "Oʻquvchilar yozgi taʼtilni ham maroqli, ham manfaatli oʻtkazishi yoʻllari"

📅 29.06.2024 (Shanba)

⏰ 20:00