Psixolog Fridman bolalar tarbiyasida tahdid qilish qanchalar muhimligi haqida oʻziga xos izlanish olib boradi.
U oʻz tadqiqotida bolaga beshta oʻyinchoq koʻrsatib, quyidagilarni aytadi:
"Robot bilan oʻynash yomon. Agar sen shunday qilsang, juda jahlim chiqadi va seni jazolashga majbur boʻlaman".
Oʻquvchilarni chetdan kuzatar ekan — 22 ta boladan 21 tasi robotga qoʻl tekkizmadi.
Tahdid bolaga qisqa muddatda ajoyib samara beradi degan fikrga kelindi.
Endi Fridman, tahdidning keyinchalik atrofda hech kim boʻlmaganida qanday taʼsir koʻrsatishini bilish uchun — yordamchisini ikkinchi tadqiqot uchun yubordi.
Yordamchi ayol oʻquvchilar vazifalarini tekshirish vaqtida, xonadagi xohlagan oʻyinchoqni oʻynab turishi mumkinligini aytdi.
Qizigʻi shundaki, bolalarning 77 foizi ilgari "taqiqlangan meva" — robot bilan oʻynashni afzal koʻrishdi.
Keyingi safar, Fridman xuddi shu tadqiqotni boshqa guruh oʻquvchilari bilan bajardi.
Yana robot oʻynash yomonligini tayinladi, ammo tahdid qilmadi.
Bu safar ham 22 ta boladan 21 tasi robotga qoʻl tekkizmadi: yaʼni qisqa muddatda ham ogohlantiruvning oʻzi yetarli ekanligi ayon boʻldi.
Hayratlanarlisi, olti haftadan keyin atigi 33 foiz bolalargina robotga qoʻl tekkazishdi.
Xulosa
1. Tashqi bosim, qoʻrqitish, tahdid qilish — natija berganday koʻrinsada, aslida, samarasiz.
2. Tahdidsiz koʻrsatma berish — bola atrofida hech kim boʻlmaganida ham samarali natija beradi.
Post Robert Chaldinining "taʼsir psixologiyasi" kitobidan foydalanilgan holda tayyorlandi.