Oʻquvchi agressiyasiga javob berishda oʻqituvchi vaziyatga qarab turli taktikalarni qoʻllashi kerak. Chunki agressiya hamisha bir xil boʻlmaydi.

Agressiya yengil koʻrinishda boʻlsa, vaziyatni kattalashtirmaslik muhim. Quyidagi usullar yordam beradi:

a) Koʻrmaganga olish — bola ataylab reaktsiya kutayotgan boʻlishi mumkin

b) Hazil bilan yumshatish

v) Bola hissiyotini tan olish

“Bilaman, jahling chiqayapti”

“Hafaligingni sezib turibman”

g) Diqqatni boshqa narsaga burish

“Daftarlarni tarqatib yuborishmaysanmi?”

“Kutubxona ochildimikan, koʻrib kela olasanmi?”

d) Xulqqa neytral izoh berish

“Charchaganing uchun jahling chiqayapti”

“Balki shoshganing uchun yaxshi oʻylab ulgurmagansan”

Bu usullar bolaga u tushunilganini his qildirib, keskinlikni pasaytiradi.

Agressiya kuchli boʻlsa, yumshoq yondashuv yetarli boʻlmasligi mumkin. Bu holatda oʻqituvchi aniq va qatʼiy pozitsiya koʻrsatishi kerak.

a) Xulqni aniq nomlash

“Sen hozir agressiv harakat qilayapsan”

b) Hissiyotni aniqlashga yordam beruvchi savollar

“Jahling chiqayaptimi?”

“Norozimisan?”

“Adolatsizlik boʻlayapti deb oʻylayapsanmi?”

v) Xulq sababini oʻylashga undaydigan savollar

“Meni xafa qilmoqchimisan?”

“Kim kuchliroq ekanini koʻrsatmoqchimisan?”

“Hamma sendan qoʻrqishini istayapsanmi?”

g) Oʻqituvchining shaxsiy pozitsiyasi

“Sinfda bunday holat menga yoqmaydi”

“Men bilan bunday ohangda gaplashish jahlimni chiqaradi”

d) Qoidalarni eslatish

“Sen bilan kelishib olmaganmidik?”

“Oʻylab koʻr, hozir qaysi qoidani buzding?”

Bu yerda maqsad bolani bosish emas, balki chegarani aniq koʻrsatish.

Xulosa qilib aytganda, oʻqituvchi agressiv xulqqa duch kelganda uchta asosiy sifatni namoyon qilishi kerak:

a) Eʼtibor — bolaning hissiyotini koʻrish

b) Gʻamxoʻrlik — bolaning oʻziga nisbatan iliq munosabat

v) Qatʼiyat — nomaqbul xulqni qabul qilmaslik

Toʻgʻri yondashuv natijasida bola shunday tushunchaga keladi:

“Meni yaxshi koʻrishadi, lekin bu harakatlarimni qabul qilishmas ekan.”

Shu nuqta pedagogik yutuq hisoblanadi. Katta natijalar doimo mayda, lekin oʻylangan detallardan boshlanadi.

Ustoz kundaligi jamoasi (psixol. f. d. P.S. Ergashev ilmiy tahriri ostida)