A. Daʼvo – “Hammasi bajarilgan-ku”.
Javob: Topshiriq shartini diqqat bilan qayta oʻqib chiq hamda baholash mezonlariga yana bir karra qarab qoʻy. Mana bu qismi chala boʻlib qolgan, shunga baho pasaygan. Har bir detalga eʼtiborli boʻlishingni tavsiya etaman”.
B. Daʼvo – “Shuncha harakat qildim-ku”.
Javob: Harakatlaring zoye ketmagan, ishingda ijobiy jihatlar ham bor. Ammo ayrim oʻrinlari tuzatishga muhtoj. Bunday natija seni qoniqtirmasa xatolar ustida birga ishlashda davom etamiz, ishonaman, tez orada ulardan qutilish qoʻlingdan keladi.
V. Daʼvo – “Iltimos balandroq baho qoʻying!”
Javob: Keyingi ishing bundan yaxshiroq boʻlsa, eng baland bahoni qoʻyaman. Faqat asosiysi, oʻz ustingda ishlashda davom et, xatolarni tahlil qil, tushunmagan joylaringni soʻra, toʻgʻri bajarganlarning ishidan namunalarni sen bilan koʻrib chiqishimiz mumkin va albatta, harakatlaring oʻz hosilasini bermay qolmaydi.
— — —
Umid qilamizki, mazkur post sizu bizga oʻquvchi bilan muomalada tergovchi va prokuror emas, ustoz, adolatli, muloqotga ochiq, yordamga tayyor inson boʻlib qolaverishimizda asqotib qolar.
Ustoz kundaligi jamoasi (psixol. f. d. P.S. Ergashev)