1. Darsda oʻquvchini yengishga, uning ustidan gʻolib chiqishga - “YOʻQ”, bunga intilmang. Baʼzida parishonxotir boʻling, xato qiling, yoddan chiqarib turing. Oʻquvchiga sizni yengishiga qoʻyib bering. Axir gʻalaba qozonish

qanday boʻlishini oʻrganib olishi juda muhimdir.

2. Bolani na soʻz, na imo-ishora, na kinoya bilan kamsitishga — “YOʻQ”,

uni kamsitmang.

3. Oʻquvchini avvalgi xatolari bilan uyaltirishga — “YOʻQ”, eski xatolarini yodga solavermang.

4. Bolaning ota-onasiga barchasini oqizmay-tomizmay yetkazishga –

“YOʻQ”. Har kim himoyaga muhtoj, uni himoya qilish kerak. Har bir soʻzni ehtiyot boʻlib ishlating. Oʻzini kelajakdagi timsolini yaxshi tasavvur qilishiga yordam bering. Sizning himoyangiz bolaga hozir qanday ekanini emas, kelajakda qanday boʻlishi kerakligini eslatib turishi kerak.

5. Bolani izza qilishga — “YOʻQ”. Ehtiyotsiz soʻz bilan oʻldirish ham mumkin. Nima qiliq chiqarmasin, imkon qadar vaziyatni yumshatishga, silliqlashga, pinhon tutishga harakat qiling.

6. Bolaga hiyonat qilishga — “YOʻQ”.

7. Bolaga jahl qilishga — “YOʻQ”. Jahl va achchiqlanish hayotimizni yemiradi.

8. Oʻquvchiga ishonchsizlik bildirishga – “YOʻQ”. Koʻchirayaptimi, mayli koʻchirsin. Siz koʻchirmakashlik qilmay oʻqishga oʻrganishi uchun yordam bering.

9. Bola haqida yomon xayolga borishga, uning holatiga achinib oʻtirishga — “YOʻQ”. Kuchli bolalar bilan emas, kuchli boʻla olgan kuchsiz bolalar bilan fahrlaning.

10. Bola tarbiyasi uchun xizmat qilmaydigan har qanday harakatga — “YOʻQ”, siz bilan oʻtkazgan vaqtida yuksalayotganini his etsin. Boshqalarga kerakligini, nimagadir taʼsir koʻrsatish kuchiga, nimanidir oʻzgartirish imkoniyatiga ega ekanini bilsin. Shunda mustaqillik va masuʼliyat

shakllanadi.

Pedagog Shalva Amonashvili