1982-yili Vayne Gretzkiy xokkey boʻyicha dunyodagi eng koʻp toʻp kiritgan sportchiga aylanadi.
Muvaffaqiyatining siri — oddiy.
Barcha toʻpga yetish uchun raqobatlashganda — men toʻp qayerga kelishini koʻrib, oʻsha yerga turib olardim, deydi Vayne.
Menimcha, taʼlim tizimi orqada qolayotganining sababi ham shu — maktablar toʻp uchun kurashadi.
Maʼno muhim emas, bellashuv muhim:
Minglab bolalar taqdiri qiziq emas — 4-5 tasi olimpiadada oʻrin olsa boʻldi;
Tushunganining ahamiyati yoʻq — testda yaxshi natija koʻrsatsa boʻldi;
Oʻquvchilar tarbiyasi muhim emas — oʻqishga koʻproq kirib, maktab reytingini koʻtarsa boʻldi.
Reyting uchun kurashish = xokkey toʻpini ortidan quvishdek gap:
Maktablar bellashuv bilan band — lekin kelajakda bu koʻnikmalarga jamiyatda ehtiyoj yoʻq.
Ishsizlik sonining yildan-yilga ortib borishining asosiy sababi ham shu.
2008 yil, 150 ta korxona rahbarlari ularga testni yaxshi ishlovchi emas, balki tarbiyali, tez koʻnikishga moyil va tashabbuskor bitiruvchilar kerakligini aytib oʻtadi.
Yaʼni zamonaviy bozor iqtisodiyoti uchun — oʻquvchilarning qizil diplomi, test natijalari, faxriy yorliqlari qiziq emas. Ularning koʻnikmalari qiziq.
Maktab esa bu koʻnikmalarni oʻldiryapti, afsuski..
Xulosa
Toʻgʻri yoʻlda bellashing!