Bu usul imtihonga yetarlicha tayyorlangan abituriyent va talabalarga — imtihon vaqti qoʻllash uchun tavsiya qilinadi.
Bunga koʻra, oʻquvchilar imtihon vaqti test qogʻozini qoʻlga olishlari bilan eng murakkab savollarni qidirib topadi.
Keyin, ushbu qiyin savol, misol yoki masalalarni — maksimal ishlashga urinib koʻradi.
Murakkab savollarda boshi qotib, yecholmay qoladigan darajaga yetganida — darhol oson savollarni ishlashga oʻtadi.
Bir qancha vaqtdan keyin, oson savollarni tugatar ekan — yana qaytadan murakkab savollarga qaytishi maqsadga muvofiq.
Nima uchun?
Chunki miya murakkab muammolarni "deep and diffuse" — "chuqur va sayoz" holatida yechadi.
Talaba qiyin masalaga diqqat qaratganida — «chuqur» rejimiga tushadi.
Soʻngra, oson misollarga qaytganida esa — «sayoz» holatiga qaytib, miya avtomatik ravishda haligi qiyin masalani boshqa tarafdan yechishni boshlaydi.
Endi esa imtihon topshiruvchi murakkab misolga oʻzgacha nuqtai-nazardan qarab — yechishi osonlashadi.
Postni imtihon topshiruvchi abituriyentlarga ulashing.
Foydalandim: Barbara O. — "UST"
— Imtihonga umuman tayyorlanmaganlarga ham texnika bormi?
— Ha. "Super kontrakt" texnikasini qoʻllab koʻring..