1. Tepaga qiynalib chiqsang — pastga oson tushasan. Qiynalyapsanmi — yengillik yaqin.
2. Sendan ilgarilab ketishdimi — siqilma: baribir hammaning qaytish joyi bir. Kim birinchi kelishi emas, nima bilan qaytishi muhim.
3. Nafsingni deb qancha koʻp taom olsang — shuncha yuking ogʻirlashadi. Yurishga qiynalasan. Tabiatdan bahra ololmaysan.
4. Yiqilish — normal. Muhimi toʻgʻri yiqilish. Darrov turib ketsang hech kim sezmaydi ham.
5. Qancha tepaga chiqsang — shuncha musaffo suv ichasan.
6. Safaring oson oʻtishini istasang — togʻga koʻp chiqqanlardan yordam soʻra. Undan ham yaxshirogʻi — togʻning Egasidan soʻra.
7. Koʻp yiqiladigan odam — odatda, yo oldinda ketayotgan boʻladi, yoki tepalikka ketyapti.
8. Yoʻl yoʻqdek tuyulyaptimi — shunchaki tuyulyapti. Yursang ochiladi.
9. Odam yurgan yoʻldan — odam yuradi. Yurilmagan yoʻlmi? — sen boshqalarga yoʻl ochib ber. Savobga qolasan.
10. Baland toʻsiqqa kelganingda — doʻstlaring yordamiga muhtoj boʻlasan. Shu vaziyatdagi doʻstlaringga sen ham yordam ber.
11. Eng shirin maymunjonlar — togʻning eng choʻqqisida boʻladi. Shirin maymunjonlar kam emas, tepaga yetib boradiganlar kam.
12. Koʻplar yarim yoʻlda ortga qaytishga moyil boʻladi. Ularga eʼtibor qilma.
13. Togʻning choʻqqisida boʻlsang — magʻrurlanma. Qaytishga tayyorlan. Aks holda qorongʻida qolasan.
14. Maqsading faqat rasmga tushib, maqtanish boʻlsa — erishasan. Keyin zerikasan.
15. Togʻning choʻqqisiga bitta sen chiqa olgan boʻlsang — kibrlanma. Bu milliardlar ichidagi shunchaki bittasi.
16. Toʻsiqqa duch kelsang yaxshilab qara — qayerdadir ilmoq boʻladi. Ilmoq yoʻqmi — yasa.
17. Togʻga chiqishingga imkon bergani shukrini ado et. Hech boʻlmasa post yozib qoʻy — menga oʻxshab ;)
Postni yaqinlarga ulash.