Muzqaymoq sotuvi va bolalarning suvda choʻkishi koʻpayishida sirli bogʻliqlik borligi aniqlangan. (rasmga qarang)
Muzqaymoq yeyish = suvda choʻkishga olib keladi.
Demak, taʼqiqlashimiz kerak! — deb xulosa qilishga shoshilmang.
Bogʻliqlikning sababi — yoz fasli edi:
Koʻp muzqaymoq xarid qilinadi, bolalar suv havzalarida koʻproq choʻmiladi.
Inson shunday. Ikkita faktni bogʻlab — oson xulosa chiqarishga moyil:
"Kaltak yeb katta boʻlganing uchun — oʻqimishli chiqding", degandi yaqinlarim.
Qisman toʻgʻridir.
Ammo muvaffaqiyatimdagi — hidoyat, omad, ustoz, doʻstlar, duo, muhit, zamon, qobiliyat kabi faktorlar faqat oʻzimga ayon.
"Sovet davri ustozlari kuchli edi — qattiq hurmat qilardik", degan gaplar qulogʻimga chalinadi.
Kuchlidir balki.
Lekin hurmatning sababi — qoʻrquv, davlat siyosati, ota-ona, zamon, qadriyat, tarbiya emasmikan?
Xullas, nima demoqchiman?
Mohiyatiga yetib bormasdan — oson xulosa chiqarmang.