Bu bolaning ismi-sharifi - Lamin Yamal. U ispaniyalik futbolchi va uning yoshi 16 da.
Bugun Yamalning rekordlari haqida ham, uning shedevrga aylanib borayotgan oʻyini haqida ham, umuman, futbol haqida ham gapirmoqchi emasman.
Men sizlarga bugun Ispaniya va Germaniyada qonunlarning ishlashi va kim boʻlishidan qatʼiy nazar bu qonunlar barcha uchun barobarligi haqida gapirmoqchiman.
Dastlab Ispaniya haqida.
Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha Yevropa chempionati musobaqasida Ispaniya ham muvafaqiyatli qatnashmoqda. Jamoa tarkibida yuqoridagi oʻspir yigitcha ham bor. U ham Germaniyaga kelgan va jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi.
Ammo musobaqa oʻtayotgan bir davrda Yamalning maktab imtihonlari boshlanib qoldi va u Ispaniyaga uchdi. Maktabiga bordi, imtihonlarni topshirdi va shundan soʻng yana Germaniyaga, musobaqaga qaytdi.
"U mamlakatimizning yosh futbolchisi, istiqbolli sportchi, mayli bahosini qoʻyib beringlar, unga tegmanglar", deyishmadi. Yevropaning eng zoʻr futbolchisini boʻlmaysanmi, oʻzing uchun, kelib imtihonlarni topshir deyishdi.
Endi Germaniya haqida
Germaniyada soat 23:00 dan keyin 18 ga toʻlmaganlarning ishlashi taqiqlanadi. Jarima 30 000 Yevro. Yamal esa 16 yoshda. Ispaniya termasi 23:00 ga yaqin oʻyinlarda bu qoidaga amal qildi. Yamalni ozroq oʻynatib, keyin uni boshqa futbolchiga almashtirdi. Pulimiz koʻp, qoidangni buzsak ma ol, ogʻzingga siqqanicha soʻra, demadi.
©️Sarvar Rahimiy