Soʻnggi paytlarda baʼzi ustozlar:

"Internet bor zamonda maʼlumot yodlatish kerak emas. Buning oʻrniga oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish zarur" — deyishmoqda.

Ammo 30 yillik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki:

Miyamiz ikki xil funktsiya — maʼlumotlarni eslab qolish va ushbu eslab qolingan maʼlumotlarni tahlil qilish bilan shugʻullanadi

Yaʼni: tanqidiy fikrlash osmondan tushmaydi — balki oʻzingizda bor maʼlumotlar bazasidan shakllanadi

Insonlarda qachonki yetarlicha maʼlumot boʻlgandagina — ular vaziyatni tahlil qila olishadi!

Xulosa:

Fakt yodlash va tanqidiy fikrlash — qarama-qarshi tushuncha emas, balki aka-ukadir.

Faktlar oʻrgatmasdan turib — tanqidiy fikrlashni rivojlantira olmaysiz

Tanqidiy fikrlashni kuchaytirish uchun — maʼlumotlar bazasini ham kengaytirish kerak

Faqat har narsada meʼyor kerak!