Maktabga yangi kelgan vaqtlarim, avval faqat kattalarga dars berganim uchun, kichik 5 sinflarda juda qiynalardim.
10 soniyadan ortiq diqqatini ushlab turishning iloji yoʻq.
Odatiy dars «tik-tok» avlodni tez zeriktiradi.
Shu muammoni hisobga olib, hozirda – sahnalashtirilgan darsdan foydalanyapman:
1. Avval kichik guruhlarga ajrataman;
2. Ularga teatrda koʻrsatishi kerak boʻlgan – dars mavzusini tushuntiraman (shunda ular diqqat bilan tinglaydi).
Masalan, bugun qadimgi Britaniyaga koʻchib kelgan Kelt qabilalari haqida gaplashamiz:
– Ular ovchilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan;
– Ular temirdan ilk bora foydalanishgan;
– Rimliklar bilan urushishgan.
"Shular haqida sahna koʻrinishi tayyorlanglar" - deb, 10 daqiqa vaqt beraman.
Barcha koʻrsatib boʻlgandan keyin, yana bir bor mavzuni takrorlayman. Hozircha shu..
Metodning foydali tomonlari:
- qiziqarli;
- energetik;
- esda qolarli;
- jamoaviy ishlashga oʻrgatadi;
- umuman oʻqimaydigan bola ham nimadir oʻrganadi.
Siz ham sahna koʻrinishidan foydalanganmisiz?