«Teach Like A Champion» kitobining 2-bobini oʻqib tugatdim
Darsga tayyorlanishga atalgan bobidan olgan ayrim foydalarni ulashaman:
1. Dars rejasi va darsga tayyorlanish — ikki xil tushuncha: Dars rejasi nimani oʻqitishga; Darsga tayyorlanish qanday oʻqitishga tayyorlanish hisoblanadi.
Eng zoʻr dars rejasi ham tayyorgarliksiz muvaffaqiyat qozonmaydi, xuddi shunday eng zoʻr tayyorgarlik ham samarali dars rejasisiz noqis boʻlib qoladi.
2. Oʻrgatmoqchi boʻlgan eng muhim gʻoyangizni aniqlang.
"Darsga tayyorlanishni eng avvalo oʻquvchilarga shu darsda tushunishi va his qilishi kerak boʻlgan eng muhim maʼlumotni oʻylash bilan boshlayman" - Adayemi Stembridge
3. Chempion ustozlar — dars atmosferasini (bolalar zerikayotgani, tushunmayotganini) his qilib turadi.
His qila olishning birinchi yoʻli bu — darsga tayyorlanish. Chunki tayyorgarlik vaqtida oʻquvchilar mavzuning qaysi qismida tushunmay, chalgʻishni boshlashlarini oldindan koʻrib ketasiz.
4. Besh daqiqalik dars muhokamasi 25 daqiqa boʻlib ketmasligi uchun — har bir topshiriqni vaqtlarga boʻlishni unutmang
5. Darsingizni kreativ, noodatiy uslubda tushuntirishning yoʻli bu faqatgina turli metodikalar oʻrganish emas, balki oʻz faningizni chuqur bilishingizdir.
Qachonki oʻz darsingizga oid yetarlicha tayanch faktlar va maʼlumotlar bazasi shakllangandan keyin — ijodkorlik oʻz-oʻzidan keladi
6. Darsga tayyorgarlik koʻrmagan ustozning miyasi bundan keyin nimani oʻtish bilan band boʻladi. Natijada, oʻqituvchi atrofni toʻliq his qilolmaydi, vaziyatga qarab toʻgʻri xulosa chiqarolmaydi.
7. Darsga tayyorlanganda oʻquvchilar qaysi mavzuda xatoga yoʻl qoʻyishlarini yokida tushunmasliglarini hisobga oling. Shunga qarab, darsga tayyorlanish vaqtida agar darsda «X» sodir boʻlsa «Y» ni qilaman deb muqobil reja tuzib oling.
8. Har bir dars muhitiga turli faktorlar — 1 va 6-soat darsi orasidagi farq; hafta kuni; sizdan avvalgi dars; bayram oldi kunlari; fasl va hkz — taʼsir qilishini hisobga oling.
9. Ikki tomonlama reja tuzing (Double-planning)
Yaʼni sizning dars rejangizdagi har bir qadamingizda oʻquvchi nima bajarishi kerakligi ham eʼtiborga olinishi kerak.
Post manfaatli boʻlgan boʻlsa reaktsiya qoldiring!