19-asrda Afrikada koʻplab olmos va oltin konlari topiladi. Yevropaliklar Janubiy Afrikaga koʻchib kelishni boshlaydi.
Yevropaliklarning kelishi Afrikaning oziq-ovqat va buyumlariga talabni kuchaytiradi: tadbirkorlar koʻpayadi. Afrikaliklar boyishni boshlaydi.
Afrikaliklarning daromadi oshishi — yevropaliklarga zarar edi:
Endi afrikaliklarni arzonga ishlatish mushkul.
Shunda Yevropa 10 yillik reja tuzib, Janubiy Afrikani qashshoqlashtirish siyosatini amalga oshiradi:
Tadbirkorlarga cheklov qoʻyadi. Qora tanlilarni tahqirlash — irqchilik shakllantiriladi. Afrikaliklarning yerlari olib qoʻyiladi.
Sovetlar ham shunga oʻxshash uslubni bizga qoʻllagan:
Tariximizni yoʻq qiladi: oʻzbeklarni 2-darajali xalq sifatida koʻrsatadi. Ulamolarga tuhmatlar qiladi.
Ruslar bizga “Biz sizlarning katta ogʻalaringizmiz, sizning hayot haqida tafakkur yuritishga ehtiyojingiz yoʻq, u bizning ishimiz, siz bizning aytganimizni qiling, sizga shu yetar”, der edi.
Maqsad oʻsha-oʻsha: moliyaviy qiyin ahvolda qoldirish. Oʻziga boʻlgan ishonchini tushirib — arzonga ishlatish.
Tarixni oʻqib, hozir oʻylab yurgan savolimga javob topdim:
Nega baʼzi korxonalar suhbat vaqti jiddiyni yoqib, tajribali xodimni yerga uradi?:
— seni oliy toifang bormi?
— 10 yillik tajribang-chi?
— nechta maqola yozgansan?
— "kimsan oʻzi shuncha maosh soʻraysan?"
— sendan kuchlilar jim yuribdi!..
Xulosam: kimdir sizni oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni atay tushiryaptimi?
Yo arzon ishlatmoqchi, yo qandaydir manfaat koʻzlagan.