Ishda ushlanib qoldim. Jumaga zoʻrgʻa ulgurdim. Mashinamni yoʻlga qoʻyishga majbur boʻldim.

Yoʻlni ochish uchun — jumani oʻqib, duo qilmasdan tez chiqib ketdim.

Shunda angladim:

Ilgarilari nega baʼzi odamlar namoz tugashi bilanoq yugurib chiqib ketishini..

Ularni tanqid qilardim:

• Dunyo ortidan quvmay duo qilib oʻtirsa boʻlmasmikan?

• Namuncha pul topishga shoshiladi bular?

• Masjidda yuragi siqiladimi nima balo?

Endi ularni tushuna boshladim..

Oʻzimga qanday xulosa oldim?

Nooʻrin yomon gumonning jazosi — shu vaziyatga oʻzing tushishing!