Bir haftadan beri nimadir yetishmayapti. Halovatim yoʻq. Kayfiyatsizman. Stressga tushyapman. Oʻzimni keraksiz insonday xis qilyapman.
Energiyam yoʻq: kitoblarimni majburan oʻqiyapman. Asablarim taranglashgan. Sport bilan kam shugʻullanayapman.
Gap ob-havodamikan? Yoʻq — issiqqa chidamliman.
Kasalmikanman? Yoʻq — alomatlarini sezmadim.
Kimdir oʻqitib qoʻydimikan? Yoʻq — meni kimga keragim bor. 😅
Oʻylab-oʻylab oxiri topdim:
Dars oʻtmayotgan ekanman!
Xulosa: baxt manfaatli boʻlishda!
Sizda ham shunday holatlar kuzatiladimi?