C. Dweckʼning — «Mindset» kitobidan olgan ayrim xulosalarim bilan ulashaman

Mindset - fikrlash, tafakkur, ichki va tashqi taʼsirlar tomonidan oʻrnatilgan tushunchalar toʻplami

Kitob turi — Psixologiya

Kitobning menga eng yoqqan jihati: kitob muallifasi — professor C. Dweck umri davomida insonlarning fikrlashlarini kuzatib, uni kitob holiga keltiradi.

Mindset kitobida barcha mavzuga asosan ikki xil fikrli odamlar tomonidan qaraladi:

1. "Fixed mindset" - (qotib qolgan fikrlash) bu turdagi odamlar inson mehnati bilan oʻzgarishi mumkin ekanligiga deyarli ishonishmaydi; insonning hayotida tugʻma qobiliyat va talantlar asosiy rol ijro etadi deb hisoblashadi.

2. "Growth mindset" - (rivojlantiriluvchi fikrlash) bu toifa insonlari — talant va qobiliyatlarning inson hayotidagi rolini tan olsalarda, odam oʻqib oʻrganish va izlanish bilan har qanday faoliyatda muvaffaqiyatga erishishlariga ishonishadi.

"Fixed mindset" fikrlashidagi odamlar oʻzlarini oʻzgartira olishlariga ishonmaganliklari uchun — doimo ularda mavjud boʻlgan talant, qobiliyat va harakatlariga maqtov kutadilar. Ular shu yoʻl bilan oʻzlarini yaxshi his qilishadi.

Shu sababli, ayrim "fixed" fikrlovchi amaldorlar — oʻzlariga laganbardor xodim olishadi.

Buni aksi oʻlaroq

"Growth" fikrlovchi insonlar doimo ularga xatolarini aytib turuvchi insonlar bilan birga boʻlishni istashadi. Sababi, ular kamchiliklarini toʻgʻirlay olishlariga ishonishadi va ushbu noqisliklarini toʻgʻirlab, komillikka yanada yaqinlashish — ularni ruhlantiradi.

Ayniqsa bu 2 tipdagi fikrlovchilar maktabda yaqqol namoyon boʻladi:

Fixed fikrlovchi oʻquvchilar doimo 5 baho olishga intilishadi va bu baho ularning qobiliyatli ekanligini tasdigʻi oʻlaroq qabul qilinadi.

Eng qoʻrqinchli jihati esa — ularning oʻzlariga boʻlgan ishonchlari ichki ruhiyat bilan emas, aynan baho bilan oʻlchanadi.

Mabodo ular bir marotaba 2 baho olib qolsalar — "Kecha kamroq dars qilib qoʻyibman" deb emas, "men aqlsiz ikkichiman", "oʻzi men ikkichiman, shuncha paytdan beri adashib 5 olib yurgan edim" kabi fikrlar bilan ruhan sinish kuzatiladi.

Growth fikrlovchi oʻquvchilar esa bunday vaziyatda tushkunlikka tushmasdan, keyingi darsga yaxshiroq tayyorlanish kerakligini mulohaza qilishadi.

"Oʻz ustunlik va kamchiliklarini aniqlay olish — oʻzgacha talant" Howard Gardner

Aynan «Growth mindset» tipidagi odamlar esa barcha yaxshi va yomon rivojlantiruvchi fikrlarni qabul qila olganlari sababli — oʻzlarining ustunlik va kamchiliklari haqida deyarli aniq maʼlumotlarga ega boʻladilar. Kamchiliklari ustida ishlab karrasiga rivojlanib ketishadi.

Growth mindset xato qilish va oʻrganish bilan shugʻullanayotganida — Fixed mindset turdagi odamlar oʻzlarini «ideal» ekanliklarini tasdiqlash va kamchiliklarini berkitish bilan band boʻlishadi..

Mindset kitobi haqida yana postlar yozishimni istasangiz reaktsiya qoldiring!