Oʻqituvchiga eng kerakli boʻlgan bilimlardan biri — energiya boshqaruvini bilish (power management)
Sababi shaxsiy «zaryadkangiz» 70% dan tushib ketganida — siz asabiylashish, bolalarga baqirishni boshlaysiz
Qolaversa, energiyasizlik kasbiy toliqish (vigoraniye) va hayotingiz maʼnosini yoʻqotishingizga sababchi boʻladi
Quyidagi roʻyxatda energiyamizni «soʻrib» olayotgan «zararkunandalar»ni koʻrib chiqamiz:
Hayot tarzida:
1. Ovqatlanish:
- Energiya bermaydigan taomlar (rolton, big bon);
- Fastfud;
- Oshiqcha shirinlik isteʼmol qilish;
- Oʻz vaqtida ovqatlanmaslik;
- Oʻta yogʻli ovqatlanish;
- Kechqurun koʻp miqdorda taomlanish.
2. Uyquda:
- Yetarlicha uxlamaslik;
- Sifatsiz uyqu.
3. Nafas olish:
- Ifloslangan havoda nafas olish;
- Notoʻgʻri nafas olish.
4. Kun Tartibida:
- Kun va tun almashib qolishi;
- Kun tartibiga amal qilmaslik.
Psixologik sabablar:
1. Maqsadsizlik:
- Umidsizlik
- Oʻzini foydasizdek his qilish;
- Oʻtmishdan afsuslanish;
- Uzoq kelajak haqida xavotir;
2. Qoʻrquv:
- Oʻzini himoyasiz his qilish;
- Adolatsizlikdan qoʻrqish;
- Kelajakdan gʻam qilish;
- Ishlarni komil qilolmaganidan qaygʻu chekish (perfektsionizm);
- Oʻzini noqis his qilish (somplex);
- Rad javob olishdan qoʻrquv;
- Jamoadan ajralib qolish qoʻrquvi.
3. Salbiy hissiyotlar:
- Arazlash;
- Hasad;
- Pessimist boʻlish;
- Alam;
- Ichki konfliktlar
- Gʻazab;
- Qasos olish istagi.
4. Oʻzgacha koʻrinish istagi:
- Barchaga yoqishga harakat qilish;
- Odamlarga nimanidir isbotlab qoʻyishga harakat qilish;
- Oʻzini oʻzgalar bilan solishtirish;
- Oʻzidan soxta baxtli odam yasash;
- Oʻzidan magʻrurlanish;
Xulq-atvordagi muammolar:
1. Ishxonada:
- Ish va shaxsiy hayotni aralashtirib qoʻyish;
- Bir-xil zerikarli ish bilan shugʻullanish;
- Dam olmasdan ishlash;
- Chala qoldirib ketilgan ishlar koʻpayishi;
- Tabiat va toza havo bilan muloqot kamayishi;
- Qarzdorlik.
2. Munosabatlarda:
- Sizga yoqmaydigan insonlar bilan suhbat;
- Boshqalar oldidagi majburiyatlar:
3. Nafsga oid:
- Zararli odatlar;
- Qimor oʻyinlari;
- Salbiy axborot;
- Smartfonlar, kompyuterlar, gadjetlardan notoʻgʻri foydalanish.
4. Tashqi taʼsirlar:
- Haqorat qilinish;
- Qoʻpol muomalaga uchrash;
- Hiylaga uchrash;
- Noshukrlik;
- Adolatsizlik;
- Tuhmat;
- Tanqid qilinish.
Yuqorida energiya «chelagingizni» baʼzi bir «teshiklari» bilan tanishib chiqdik.
Muammoni aniqlab, energiyangizni tiklab olishingizni tilab qolaman.
Sizda qaysi turdagi energiya muammosi bor? Izohlarda yozib qoldiring!