Yuqoridagi soʻrovnomadagi gaplar oʻquvchining fikrlashiga qanday taʼsir koʻrsatishini koʻrib chiqamiz:
1. Unga baribir u eng zoʻr sportchi ekanligini aytish
Bu holatdagi berilgan dalda — samimiy emas. Buni bola ham ich-ichidan his qiladi. U haqiqatdan eng zoʻr sportchi boʻlganida muvaffaqiyat qozongan boʻlardi.
Qolaversa, bu motivatsiya uni kelajakda oʻzgarishiga sababchi boʻlmaydi.
2. Raqiblaridan koʻra u haqliroq ekanligiga ishontirish
Bu holatda bolada aybni oʻzgalardan qidirish «kasalligi» shakllanadi. Kelajakda oʻz ustida ishlashdan koʻra — aybni osongina oʻzgalarga toʻnkashga moyil boʻladi.
3. Sport musobaqasi ahamiyatsiz ekanligini tushuntirish
Bu vaziyatda bola nimani eplay olmasa — oʻsha narsani qadrsizlantirishga odatlanadi.
Masalan, oʻqishga kirolmasa, yana tayyorlanish oʻrniga "bugungi kunda universitet kerak emas" - deb, shoxdan-shoxga sakrashga odatlanadi.
4. Unda yetarli qobiliyat borligi va keyingi safar yutishini aytish
Bu bilan undagi qobiliyatlar uni avtomatik ravishda keyingi gʻalabaga olib borishi, goʻyo "oʻzgarishing shart emas, shundoq ham toʻgʻri yoʻldasan" - deb, shunchaki kutib yashash signalini beradi.
5. U bugun yutishga noloyiq boʻlganini aytish (qogʻozga oʻragan holda)
Bu vaziyatda qalbiga ogʻir botadigan gap boʻlishi mumkin.
Ammo haqiqiy chempionlarning otalari ushbu jumlani quyidagi tarzda yetkazishgan:
"Bilaman bolam senga hozir qiyin. Qoʻlingdan kelgancha harakat qilib, gʻolib boʻlolmaslik insonni dilini xira qiladi.. Ammo sen gʻoliblikni qoʻlga kiritishga yetarlicha haqli emasding. Seni raqiblaring sendan avval boshlab, sendanda koʻproq mehnat qilishgan. Agar gʻolib boʻlishni chin dildan xohlayotgan boʻlsang — ulardanda koʻproq saʼy-harakat qilishing kerak!"
Bu bilan ota nafaqat haqiqatga tik qarashga, balki xatolaridan xulosa chiqarib, aybni oʻzidan qidirib, kelajakda oʻz ustida ishlashiga turtki beradi.
Odatda bolani oʻziga boʻlgan ishonchini tushirib qoʻyishdan qoʻrqib, aybni boshqalarga agʻdaramiz.
Ammo bolaga samimiy, rivojlantiruvchi fikr bildirish (constructive feedback) — uni shaxsiyati va kelajagida oʻta muhim
Fikrlar — Professor Carol Dweckʼning «Mindset» kitobidan erkin tarjima qilindi.
Siz yuqoridagi fikrlarga qoʻshilasizmi?