Soʻzlarning oʻquvchi xotirasida mustahkam qolish siri — ularni turli kontekstlarda qoʻllash.
Miya bir xil emas, turli vaziyatlarda ishlatilgan soʻzlarni yaxshiroq eslab qoladi.
Ingliz tili va umuman til oʻqituvchilari uchun juda samarali metodika:
Xonaning 4 burchagini 4 xil hissiyot bilan belgilaysiz:
• Xursandchilik burchagi
• Xafalik burchagi
• Gʻazab burchagi
• Qoʻrquv burchagi
Soʻng oʻquvchilar oʻrgangan soʻz, gap yoki dialoglarni shu hissiyotlarda gapirishi kerak boʻladi.
Masalan:
Xursandchilik burchagida:
— Qalaysan?
— Juda yaxshi!
— Bugun qayerga borasan?
— Buvimnikiga!!!
Xafalik burchagida:
— Qalaysan?
— Pff… yaxshi…
— Bugun qayerga borasan?
— Buvimnikiga…
Bu metodni oʻzingizning dars uslubingizga moslab oʻzgartirishingiz mumkin.
Asosiysi — bolalar soʻzlarni turli hissiy va kommunikativ muhitlarda ishlatib koʻrishadi.
Shu orqali ular faol lugʻatga aylanadi.
Dars ham qiziqarliroq boʻladi.
Postni til oʻqituvchilariga yuboramiz.