1930-yillarda Toyota kompaniyasi rahbari Sakichi Toyoda “5 ta nega” texnikasini ishlab chiqqan.

Maqsad — ishxonadagi muammolarning chuqur ildizini aniqlash va ularni tubdan bartaraf etish.

Ushbu texnikaga koʻra, biror masalaga chuqur kirib borish uchun 5 marta “nega?” savolini berish kerak boʻladi. Masalan:

SSSR nega parchalanib ketdi?

— Chunki respublikalar ittifoqdan chiqib ketdi.

Nega ular ittifoqdan chiqib ketdi?

— Chunki ular mustaqil boʻlishni xohlashdi.

Nega mustaqil boʻlishni xohlashdi?

— Chunki markaziy hukumatdan norozi edilar.

Nega markaziy hukumatdan norozi edilar?

— Chunki iqtisodiy muammolar koʻp edi va hayot darajasi past edi.

Nega iqtisodiy muammolar koʻp edi?

— Chunki markazlashgan rejalashtirilgan iqtisodiyot yaxshi ishlamagan.

Misoldan koʻrinib turibdiki, muammoga chuqur kirib borildi.

Ushbu texnikani darsda qoʻllash orqali oʻquvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish mumkin.

Uni turli usullarda qoʻllash mumkin:

1. Oʻqituvchi savollar berish orqali

2. Eng samaralisi — oʻquvchilarni juftlikda ishlatish. Bir oʻquvchi javob beradi, ikkinchisi esa “nega?” deb savol berib boradi.

Bu usulni nafaqat darsda, balki hayotda ham qoʻllash mumkin:

Nega bugun kech qoldim?

Nega uxlab qoldim?

Nega kech uxladim?

Nega ishdan kech chiqdim?

Nega darsim choʻzilib ketdi?

Koʻrib turganingizdek, muammoga chuqurroq qarash imkonini beradi.

Xullas, “5 ta nega” texnikasini qoʻllang — vaziyatni chuqurroq tushunasiz va oʻquvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirasiz.

Uyga vazifa:

“Ustoz Kundaligi” kanalini nega kuzatishingiz haqida “5 ta nega” texnikasidan foydalanib javob yozing.