Qiziqarli dars oʻtishimga metodlar yetishmayapti, deb oʻylardim.

Bilsam, jasorat yetishmayotgan ekan...

Aslida metod topish muammo emas. Eng kamida sunʼiy intellektdan soʻrasak ham boʻladi.

Muammo — qoʻrqamiz:

Oʻxshamay qolsa-chi?

Yemay qolsa-chi?

Dars boshqaruvini qoʻldan chiqarib yuborsam-chi?

Bolalar shovqin qilib yuborsa-chi?

Yoki darsimizda bir marta yangilik qilib koʻramiz-da oʻxshamasa, “E, tinchgina eski tizimda oʻtib yurganim yaxshi ekan!” degan xulosa chiqaramiz.

Aslida innovatsiya qilish doimo qiyin boʻlgan. Yangilik qilgan inson xatolardan holi boʻlmaydi. Ammo aynan shu xatolar bizni rivojlantiradi.

Axir oʻrganishning eng samarali usuli — xato qilish va undan xulosa olish emasmidi?

Demak:

Kreativ boʻlish — bu bitta metodni oʻrganib olish emas, bu xatolar qila olish sanʼati. Bu shaxsiyatni shakllantirishdir.

Shu bilan birga, birdaniga toʻliq yangilik kiritib tashlash, taʼlimni eksperiment maydoniga aylantirish tarafdori emasman.

Ammo vaqti-vaqti bilan darsga yangilik olib kirish sizni oʻzgacha ustoz qiladi. Monotonlikdan qutqaradi.

Xullas, aytishadiku:

Oxirini oʻylagan qahramon boʻla olmaydi.

Keling sal oʻzgartiraman:

Oxirini oʻylagan kreativ boʻla olmaydi!