1. "Kameradan darsimni kuzatishyapti" - deb emas, "Alloh har doim darsimni kuzatib turibdi" - deb dars oʻtganimda edi, na kuzatuvchilardan, na tekshiruvchilardan qoʻrqardim
2. "Tengdoshlarimdan qolib ketmay" - deb emas, "odamlarga manfaatim tegsin" - deb dars berganimda edi — ikkisiga ham erishardim
3. "Rahbarlarga yaxshi koʻrinay" - deb emas, "Allohga yaxshi koʻrinay" - deb ishlaganimda edi, ham Allohga yoqardim, ham boshliqlarga
4. "Ota-onasi ustimdan yozib yubormasin" - deb emas, "Sabr qilish — Paygʻambarlar yoʻli" - deb oʻzimni baqirishdan tiyganimda edi, ham hech kim gapirmasdi, ham cheksiz savobga ega boʻlardim.
5. "Kech kelsam oyligim kesiladi" - deb emas, "Ishxonani haqqiga xiyonat qilmay" - deb ishga vaqtida kelganimda edi, ham oyligim kesilmasdi, ham savobni tagida qolardim.
6. "Tekshiruvchi kelsa sharmanda boʻlaman" - deb emas, "Alloh ishini mukammal qiluvchilarni sevadi" - deb darsga tayyorlanganimda edi — ham tekshiruvchilarga, ham Allohga yoqardim
7. "Ijarachilar gapirmasin" - deb emas, "Alloh goʻzallikni va poklikni sevadi" - deb sinfxonamni yigʻishtirganimda edi, ham hech kim gapirmasdi, ham savobga qolardim
Musulmon ustozga afsuslanish yarashmaydi.
Ammo, oʻylab qarasam, koʻplab ibodatlarni niyatimiz sababli — oddiy bir kunlik mashgʻulotga aylantirib qoʻyyapmiz..
Niyatni toʻgʻirlab olish kerakligini bilamiz, faqat esdan chiqib qoladida..
Qissadan hissa:
Niyatlaringa bir qarab qoʻy!
Yaxshi niyat bilan ushbu postni yaqinlaringa ulashib qoʻyishni ham unutma! 😉