1. Yuz yildan keyin baribir yoʻq boʻlib ketamiz.

2. Paygʻambarimiz allayhissalomni Toifda yosh bolalar tosh boʻron qilishgan.

Demak bolalardan yetgan ozor seni hurmatingni toʻkmaydi.

3. Doimo sen turgan joyda boʻlishni orzu qiluvchilar bor.

4. Qiyinchilik bitta sendamas hammada boʻladi.

5. Butun olamdagi maxluqotlar yigʻilsa ham, Alloh izn bermasa, senga ziyon keltirolmaydi.

6. Rizqing Allohning qoʻlida. Xotirjam boʻlaver ochlikdan oʻlmaysan, inshaAlloh.

7. Senga yetgan musibat yo gunohlaringa kafforat, yoki darajangni oshirish uchun tuhfa.

8. Bolalar bekorchiligi — jinoyat sonining oshishiga sababchi boʻladi. Darsingni hech kim eshitmagan taqdirda ham — sen bolalarni bekorchilikdan asrab turibsan. Siqilma — jamiyatga foydang tegyapti!

9. Hamma xato qiladi. Hatto sen «ideal» deb oʻylagan ustozlar ham.

10. Seni talabalar yerga urib, xorlayotgan boʻlsa, hech siqilma. Ular qalbingdagi kibringni sindirishga yordam berishadi. Kibr bilan ketib qolishdan Alloh asrasin.

11. Xotirjam boʻlaver, bu dunyoda xotirjamlik yoʻq.

12. Alloh xohlagan odamini aziz qiladi, xohlagan odamini xor qiladi. Allohning iznisiz hech kim sening hurmatingni toʻkolmaydi.

13. Shu postni oʻqiyotgan boʻlsang, demak sen allaqachon uncha muncha ustozlardan ustunsan. Chunki sen doimo oʻz ustingda ishlaysan, izlanasan!

14. Oxirigacha oʻqidingmi demak foyda olibsan. Postni hoziroq boshqa ustozlar bilan baham koʻr.

Ularga ham manfaat yetishiga sababchi boʻl!

👉 Ustoz_kundaligi