Zahiriddin Muhammad Bobur 1526-yilda Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiy bilan jang qiladi.

Boburning kamchiligi qoʻshini oz: 12 000 edi. Loʻdiyda esa 100 000. Deyarli 10 barobar koʻp.

Bobur boʻsh kelmadi. Zaifligini ustunlikka aylantirdi:

Oz son qoʻshin bilan tez-tez strategiyani oʻzgartirib — manyovr qildi.

Bu dushman qoʻshini rejasini ishdan chiqarib, ular ustidan gʻalabasini taʼminladi.

Gitler ham shunday muammoga duch keladi:

1-jahon urushidan keyin Germaniyaning qoʻshin soni 100 000 ga cheklab qoʻyilgandi.

Endi Germaniya samarali va tezkor harbiy taktikalar ustida ishlashga majbur boʻladi.

Natijada, chaqmoq tezligidagi urush — «Blitzkriyeg» uslubi yaratiladi:

Ushbu puxta taktika va toblangan askarlar orqali 2-jahon urushida gʻalaba qozonishiga oz qoladi.

Tarixiy misollar koʻp, xulosa bir:

Zaiflikdan — ustunlik sifatida foydalansa boʻladi!

Qashshoqmisiz? Siz boylardan ustunsiz:

Sizda pulga motivatsiya baland. Toʻgʻri yoʻnaltirib, boylardan oʻting!

Oʻqituvchilikda tajribangiz yoʻqmi? — Yangi metodlarni sinab koʻring!

Blogingiz kichkinami? — Turli tajribalar oʻtkazing!

Jismonan ojizmisiz? — Abjirlik ustida ishlang!

Qiyin sharoitdamisiz? — Sabr bilan xarakter shakllantiring!

Xullas, zaiflikdan foydalaning:

Zaiflik kuchli boʻlishning dastlabki bosqichidir.