Kempbell qonuni — qaror qabul qilishda bitta oʻlchovga tayanishning salbiy oqibatlarini taʼkidlovchi qonun:

Ijtimoiy qarorlar qabul qilishda miqdoriy koʻrsatkich qanchalik koʻp ahamiyatli boʻlsa, u shunchalik koʻp korruptsiyaga duchor boʻladi va u ijtimoiy jarayonlarni buzishda xizmat qilishi mumkin.

Osonroq tushuntiraman:

Agar biron joyning yaxshi yoki yomonligini birgina koʻrsatkich belgilab bersa — shu joy bor diqqatini faqat shu koʻrsatkich ustida ishlashga qaratadi.

Boshqa muhim jarayonlarga beʼyetibor qoladi.

Masalan:

Maktabning muvaffaqiyati uning olimpiadada oʻrin olgan oʻquvchilar soniga qarab belgilansa — maktab bor eʼtiborini shu koʻrsatkichga qaratadi:

Faqat olimpiadada oʻrin oladigan oʻquvchilarga mehr beradi. Qolganlarning ahvoli abgorligicha qolaveradi)

Eng yomoni, endi maktablar haqiqiy ilm ustida emas, olimpiada ustida bellashishga oʻtadi. Korruptsiya, sotib olish, gʻirromlik boshlanadi.

Bundan tashqari, insonni maʼnaviy yuksaltiruvchi fanlar — tarbiya, rasm va hkzlar ikkinchi darajali fanlarga aylanadi. Maktab asl missiyasini yoqotadi.

Ayanchlisi, Kembell qonuni oʻqituvchilarga ham taʼsir qiladi:

Agar oʻqituvchilar mahorati oʻquvchilarining test natijalariga koʻra belgilansa — natijalarni soxtalashtirish boshlanadi.

2011 yil oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra 20% ustozlarning oʻzlari oʻquvchilari koʻchirishlariga qoʻyib berishlari aniqlangan.

Bizda 80% boʻlsa kerak!

Boshqa sohalarda ham Kempbell qonunining salbiy taʼsirini koʻrishimiz mumkin:

1. Doktorlar muvaffaqiyati, undan davo topgan bemorlar soniga qarab belgilansa: qisqa muddatda foydali, uzoq muddatda zararli dorilar berishi ehtimoli oshadi.

2. Politsiyachilar natijasi, jinoyatning topish soni bilan belgilansa, kichik shoʻxliklarni ham «rezultat» uchun rasmiylashtirishi kuchayadi.

3. Sotuvchilarning oyligi sotuviga qarab belgilansa, yolgʻon qoʻshish ehtimoli oshadi.

4. Blogerlarning natijasi "like" soniga qarab belgilansa, saviyali emas, "like" yaxshi yigʻadigan kontent qilishga oʻtadi.

Yechim qanday?

1. Oʻlchov metrikalar sonini oshirish;

2. Uzoq muddatli foydaga eʼtibor;

3. Qolganini oʻzingiz topib olarsiz..

P.s: Bekor uzun post yozdim-da. "Like" yigʻishi qiyin..