Tengdoshlarim futbol oʻynab yurganida sport zalda terlashga majbur edim. Koʻp qiynalardim, murabbiyimdan kaltak yerdim. Endi qarasam – yoshlikdagi koʻplab fitnalardan sport meni asrab qolgan ekan. Hikmatini endi tushundim.
Politsiyachi boʻlish maqsadida yil davomida akademiyaga hujjat topshirdim, yiqildim. Yaxshiyam yiqilibman, hozir shukr qilaman. Hikmatini endi bildim.
Eng yaqin doʻstlarimdan ajralib armiyaga ketishimga toʻgʻri keldi. 1 yildan keyin qaytsam – hali ham oʻsha-oʻsha bolalar, oʻzgarish yoʻq, axloqi salbiylashgan. Yaxshiyam Alloh bizni ajratibdi. Hikmatini endi tushundim.
Kimyo fakultetiga oʻqishga topshirdim, yiqildim, siqildim. Agar kirganimda bir umr oʻzim sevmagan ishda ishlashga majbur boʻlardim. Yaxshiyam yiqilibman. Hikmatini endi koʻrdim.
Ingliz tilidan 7 ball ololmay 1.5 yil qiynaldim. Oxiri dars berib darajamni oshirishga majbur boʻldim. Oʻqituvchilikka qiziqib qoldim. Hozir ham ustozman. Hikmatini endi anglab yetdim.
Ishxonada muammolarga duch keldim – kunlarim stress bilan oʻtardi. Ishdan boʻshab, Turkiyaga ketishga majbur boʻldim. Turkiyada turmush oʻrtogʻim bilan tanishdim. Hikmatini endi bildim.
Oʻylab qarasak — hayotimizda sodir boʻlgan deyarli barcha narsalar bizni foydamizga ishlayotgan boʻladi.
Demak – hozirgi muammolaring ham aslida seni foydangga boʻladi, inshaAlloh
Yo hammasi yaxshi boʻladi
Yo hammasi yaxshilikka boʻladi
Hikmatini keyinroq bilib olarsan..
Ishlaringga rivoj!