Seni shaxsiyating rivojlangani sari, atrofingda seni koʻra olmaydiganlar, tanqid qiluvchilar koʻpayib boradi.

Ahmoq odam ular bilan oʻchakishib umrini zoye qiladi. Aqlli esa, ulardan foyda olishga harakat qiladi.

Quyida sen bilan tanqidchi insonlardan olish kerak boʻlgan foydalarni koʻrib chiqamiz:

1. Seni tanqid qilishlari seni toʻgʻri yoʻldaliginga dalolat qiladi. Chunki tosh faqat mevali daraxtga otiladi.

2. Ular orqali sen oʻz ayblaringni aniqlab, ularni isloh qilishing mumkin.

3. Kibrga berilgan boʻlsang, tanqidchilar kibringni sindirishga yordam berishadi.

4. Seni yoqtirmaydigan odamlar bilan muomala qilishing, seni muzokara qilish qobilyatingni rivojlantiradi.

5. Tanqidchi seni emotsional holatingni kuchaytiradi, jahlingni jilovlashni va sabr qilishni oʻrgatadi.

6. Ichi qoralar — haqiqiy motivatorlar. Ularga jahl qilib, ancha muncha ishlarni qilib yuborishing mumkin.

7. Ularni taʼsirini yengib oʻtganingda — haqiqiy gʻalaba taʼmini sezasan.

Xullas, ichi qora, negativ insonlar ham Allohning bizga bergan neʼmatidirlar. Ularni qadrlash kerak. Oʻtkir Hoshimov aytganidek:

Yomonlarni ehtiyot qiling! Yomon yoʻq boʻlsa, yaxshining qadri bilinmay qoladi!