Biznesda nol summali oʻyin — "zero-sum game" tushunchasi bor.
Maʼnosi — cheklangan joy uchun kurash.
Yaʼni siz gʻalaba qozonishingiz uchun — kimdir magʻlub boʻlishi yoki kimdir gʻalaba qozonishi uchun siz magʻlub boʻlishingiz kerak.
Misol uchun sport musobaqasi. Siz kimningdir yutqazishi evaziga — gʻalabani qoʻlga kiritasiz.
Boshqa misol — qimor. Bir inson hamma pullarni yutar ekan, qolgan barcha pulsiz qoladi.
"zero-sum game" kasblaridan qochish tavsiya qilinadi.
Baxtimizga oʻqituvchilik — "non-zero sum game" kasblar qatoriga kiradi.
Yaʼni — hamkasblaringizning muvaffaqiyati sizning magʻlubiyatingizga sababchi boʻlmaydi.
Boshqacharoq aytsam, maktabingizda «yorvoreyshn» ustoz bor degani — sizni noningiz yarimta boʻldi degani emas.
Siz ham, bemalol, bir vaqtning oʻzida eng ilgʻor ustoz boʻlib turishingiz mumkin.
Hasad qilgandan koʻra, sizga shunday hamkasb yuborgan Zotga shukr aytib, ularning tajribasidan foydalaning.
Oʻzingizni ehtiyot qiling. 🫡
Postni hamkasblarga yuborib qoʻyamiz.