Gitler, Stalin va yana koʻplab diktatorlarning insonlarni boshqarish uslublari haqida hujjatli film koʻrib chiqdim.
Barcha yovuz daholar oʻz xalqini boshqarish uchun — terror, qatl qilish, OAVʼni ishlatishlaridan xabarim bor edi.
Ammo insonlarni boshqarishdagi bir hiyla menga yangilik boʻldi — boshqa davlatga qarshi urush boshlash.
Bir koʻrinishdan bir-biriga zid boʻlgan gʻoyaga oʻxshab koʻrinadi.
Lekin qachonki bir davlat boshqa yurt bilan urishar ekan, insonlar ichidagi negativ energiyasinini zolim rahbarlarga emas, balki mamlakat tashqarisiga toʻkib sochadi.
Bundanda manfaatlisi — umumiy maqsadlarga erishish uchun xalq birlashishga majbur boʻlib, ular orasidagi boʻlinish va adovatga ham chek qoʻyiladi.
Eng yaxshi himoya bu — hujum.
Natijada, diktatorlarga qarshi isyonlar oldi olinadi.
Bundan tashqari, urush va qiyinchilik mamlakat aholisini birlashtirishga ham yordam beradi.
Yaʼni avval urishib yurgan dushmanlar — urush vaqtida bir-biriga yelkadosh boʻlib, ahil doʻstga aylanadi.
Qissadan ustozlar uchun hissa:
Vaqti-vaqti bilan sinflararo musobaqalar tashkil qilib turing:
1. Oʻquvchilar ichidagi salbiy energiyani musobaqada chiqarib yuboradi;
2. Sinf oʻquvchilari orasida birdamlik va ahillikka sababchi boʻladi.