— Ana boʻboʻ kelyapti;
— Ovqatingni yemasang, ajinaga berib yuboraman;
— Hozir doktor chaqiraman, kelib ukol qiladi;
— Bolam, hali 7 ga toʻlmagan, bizdan pul olmassiz;
— Meni uyda yoʻq deb yubor;
— Dadang ishdan kelsin, hammasini aytaman;
— Qorbobo kelsa sovgʻa olib keladi;
— Senga undan yaxshirogʻini olib beraman;
— Hozir oldimda pulim yoʻq;
— Katta boʻlsang olib beraman;
— Bu dori achchiq emas.
Endi esa ona farzandi yolgʻon gapirsa:
Astagʻfilulloh, yolgʻon gapirishni qayerdan oʻrganyapsan? Shu telefon oʻlgur yoshlar tarbiyasini buzyaptida..
Xulosa oʻzingizdan.