Iqtisodda — imkonsizlik uchburchagi degan atama bor.

Bunga koʻra: tezlik, arzon narx, yuqori sifat — bir joyda jamlanmaydi. Masalan:

Tezlik + qulay narx = sifati past;

Arzon narx + yuqori sifat = tezda topish ilojsiz;

Yuqori sifat + tezda topish mumkin = narxi qimmat boʻladi.

Afsuski, shaxsiy hayotimizda ham uchburchak formulalar mavjud:

Boylik, boʻsh vaqt va sogʻliq.

Boylik + sogʻliq = vaqtingiz yoʻq.

Boʻsh vaqt + boylik = sogʻliq yoʻq.

Sogʻliq + boʻsh vaqt = pulingiz yoʻq.

Bir kam dunyo hayotimizda — hech qachon mukammal baxt topolmaysiz.

Iqtisodiy erkinlikka erishdingizmi? — sogʻliqdagi muammolar;

Sogʻlommisiz? — oilaviy muammolar;

Hammasidan qutuldim deganingizda — ishxonadagi muammolar sizni kutib turadi.

Jismimiz shunga moslangan — miyamiz muammosiz yurolmaydi. Biridan qutulib — ikkinchisiga tutiladi.

Nega shunday?

Muammoga yechim topar ekanmiz — shaxs sifatida rivojlanamiz.

Rivojlanish — mukammallikka.

Mukammallik — Allohga yaqinlashishga olib boradi.

Oʻzi yaralishdan maqsad ham shu..

Qissadan hissa

Muammolar — normal.