Turli multimedia vositalaridan foydalanish mavzuni rang-barang qilib, oʻquvchilar tushunishiga yordam beradi.

Qolaversa, videolar koʻrish oʻquvchi mavzuni yaxshiroq eslab qolishiga ham yordam beradi.

Ammo videodarsdan samarali foydalanishning ham oʻz siru asrorlari borligini bilarmidingiz?

Quyida videodarsdan maksimum foyda olishning 7 yoʻlini keltirib oʻtaman:

1. Avvalambor oʻquvchilarga videorolik koʻrishdan koʻzlangan maqsadni aytib oʻting. Masalan:

Hozir Rim imperiyasi Sezar davri haqidagi videoni tomosha qilamiz. Bu bilan Sezar davridagi aholi turmush sharoitini koʻrib chiqamiz.

2. Yoʻnaltiruvchi savollar tayyorlab qoʻying (Guiding questions). Misol uchun:

Videodagi qahramon qanday qiyinchilikka duch keldi? Uni qanday yengib oʻtdi? Qaysi variant toʻgʻri?

3. Videodan olingan maʼlumotlarni ustun shaklida tartiblash.

Masalan: paleolit, mezolit, neolit davriga xos boʻlgan maʼlumotlarni yozib qoldiring (Izohda video va ustunga misol keltirganman).

4. Rolikni toʻxtatib, savol-javoblar qiling.

5. Eng oson uslublardan — videodan kim koʻproq maʼlumot yozib qoldirish oʻyinini oʻynating.*

6. Videoni pauza qilib, tushunarsiz qismlarini izohlang.

7. Videorolik tugagandan soʻng videoni birgalikda muhokama qiling.

Foydalandim:

1. Shaxsiy tajriba;*

2. "Uncommon Sense Of Teaching" Barbara Oakley;

3. Lawson et. al 2007;