Qoʻshiqchi Beyonce sahnaga chiqqanda hayajonlanardi. Hayajonni yengish uchun u oʻzining “Sasha Fierce” deb nomlangan kuchli va dadil xayoliy obrazi (alter ego)ni yaratadi.
Sahnaga chiqqanda hayajon bosganda, u oʻzini goʻyoki kuchli Sasha Fierce deb tasavvur qiladi. Bu unga sahnada ishonch va joziba bergan.
Psixologlar aytishicha, alter ego — oʻzining ikkinchi obrazini yaratish insonni oʻz his-tuygʻularidan chetga chiqib, vaziyatga sovuqqonroq qarashga majbur qiladi. Oʻziga tashqaridan qarash imkoniyati paydo boʻladi.
Psixologlar alter egoni bolalarda ham sinab koʻrishgan. Bolalarni 3 ta guruhga boʻlishgan. Bir guruh bolalar oʻzlarini qahramon Betmen deb tasavvur qilishlari koʻrsatilgan.
Natijada oʻzini Betmen deb tasavvur qilgan bolalar sabrliroq, diqqatliroq va oʻzini yaxshiroq nazorat qila olgan. Shu bilan, tadqiqot “Batman effekti” deb nom oladi.
Tarixda koʻp buyuk qahramonlar ham turli kuchli hayvonlar — sher, boʻri, yoʻlbars kabi obrazlar bilan oʻzlarini tasavvur qilgani hammaga maʼlum.
Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, inson oʻzini qaysi obrazda tasavvur qilsa, oʻsha obrazning xislatlari unga ham “yuqadi”.
Minde oʻylab qarasam, mening ham alter egoyim bor ekan — talaba boʻlish.
Men oʻzimni doimo talaba deb hisoblayman. Kundalik hayotda, dars oʻtganda, doʻstlar bilan muloqotda, blog yuritganda, xullas, barcha jabhalarda men har doim talabaman.
Talaba boʻlish menga psixologik yengillik beradi:
Talaba — bu oʻrganuvchi. U xato qilishi mumkin. U xatolar orqali oʻrganadi. Uning xato qilishga “huquqi” bor.
Aslida, biz hayotda ham haqiqiy maʼnoda talabamiz. Oʻrganish uchun kelganmiz.
Menga talaba boʻlish yoqadi. Bu oʻrganishimni tezlashtiradi, hayotda kamroq bosim bilan yashashga yordam beradi.
Xullas, umumlashtiramiz:
Inson oʻzini kuchli obrazda tasavvur qilsa, oʻzini boshqarishi va ishonchi oshadi. Oʻsha obrazning xususiyatlari unga singadi.
Kaminaning alter egosi esa — talaba boʻlish. Sizga ham tavsiya qilaman: talaba boʻling.
Osonroq yashaysiz.