Metroga tushdim. Koʻpchilik eskalator – oʻzi yurar zinada harakatlanmay chiqdi. Men esa oʻzi yursada, yurib chiqdim.
Metro poyezdi kelgan ekan. Yugurib kirib oldim. Zinada harakatsiz chiqayotganlar qolib ketdi.
Oʻz vaqtida qilgan 10 sekundlik harakatim bilan – 10 daqiqalik ustunlikka erishdim.
Hayotda ham shunday.
Baʼzan oʻz vaqtida qilgan ozgina harakatingiz karrasiga natija beradi.
Nima demoqchiman?
Har kuni juda oz boʻlsada – oʻz sohangizda rivojlaning. Sekin boʻlsada orzular tomon harakatlaning:
Hamma qolib ketganda, metroga kirib olasiz…