Musulmonlar uchun eng katta fathlardan biri — shubhasiz, Konstantinopol (Istanbul) fathi.
Bir qancha asrlar davomida musulmon hukmdorlar bu shaharini egallashga harakat qilib kelishgan. Ammo fath Mehmet II ga 1453-yilda nasib qiladi.
Mehmet II Konstantinopolni qamal qilishda — vengriyalik Orban ismli toʻpchining ulkan toʻpidan foydalanadi.
Ana shu va boshqa ustunliklar Usmoniylarga Konstantinopolni zabt etishda katta yordam beradi.
Men ana shu vengriyalik toʻpchi — Orban haqida qiziq maʼlumot oʻqib qoldim.
Vizantiya tarixchisining aytishicha, dastlab toʻpchi Orban oʻz xizmatini Usmoniylarga emas, balki Vizantiyaga taklif qiladi. Ammo Imperator uni rad etadi..
Rad javobini olgan Orban, keyin Mehmet II huzuriga borib, Konstantinopol devorlarini buzishga qodir ulkan toʻp yasab berishni taklif qiladi.
Sulton rozi boʻladi va Orban yasagan ulkan toʻplar yordamida va boshqa uslublar bilan Usmoniylar nihoyat shahar devorlarini yorib kirishadi.
Qissadan hissa
Qamsitilgan isteʼdod boshqa joyda gullaydi.
Qissadan oʻqituvchilar uchun hissa
Oʻquvchidan chiqqan har bir tashabbusni qoʻllab-quvvatlang. Balki u keyingi toʻpchidir?