Vertolyot ota-ona (helicopter parent) degan tushuncha bor:

• farzandi hayotiga haddan tashqari koʻp aralashadigan;

• farzandi muammolarini faqat oʻzi yechadigan;

• kichik muammo boʻlsa ham maktabga yugurib kelaveradigan;

• erkinlik bermay, 24/7 nazorat qiladigan ota-onalar uchun qoʻllaniladi.

Yaʼni vertolyot kabi bola ustida nazorat qilib, «tiq» etsa uchib keladigan ota-onalar.

Taʼlim eksperti Patrick F.Basset aytishicha, eng xavfli vertolyot ota-onalar:

• Farzandi bahosini yaxshilash uchun ustozga bosim qiladi;

• Farzandi xatosini «bosdi-bosdi» qilishga harakat qiladi;

• Farzandi jazolansa huquqiy chora koʻrish bilan qoʻrqituvchilardir.

Albatta, ota-ona bolasiga faqat yaxshilikni ravo koʻradi. Vertolyotlar ham.

Faqat ular yaxshilik qilaman deb bolaga uzoq muddatli zarar berishadi:

1. Bolada qaramlik paydo boʻladi:

“Barcha muammolarimni onam hal qilyapti. Demak men hech narsani eplay olmas ekanman”, degan xulosaga keladi.

2. Oʻziga ishonch tushishi, oʻzini qadrlamaslik:

Bola shaxsan oʻzi muammoga yuzlashmas ekan, unda muammoga yechim topish (problem-solving) koʻnikmasi rivojlanmaydi.

Natijada unda oʻziga ishonch past boʻladi. Chunki inson muammolarga yechim topib, oʻz qobiliyatlarini ishlatganda, oʻzini hurmat qilishni boshlaydi.

3. Stress va depressiyaga tushish:

Ota-ona bolaning barcha muammolarini hal qilib berar ekan, bolada stressga chidamlilik boʻlmaydi. Endi u muammolarga yoʻliqishdan qoʻrqa boshlaydi.

Oʻziga ishonch pastligi + muammolardan qoʻrqish = stress va depressiyaga olib boradi.

4. Narkotikka moyillik:

Ota-ona qanchalik vertolyot boʻlmasin, farzandi yoʻlini qanchalik tekislab bermasin — bu chegaralangan. Bir umr farzandiga qalqon boʻlolmaydi.

Katta hayotga qadam qoʻygan va birdaniga ota-onasi yordamidan ayrilgan «yigit» muammolarini hal qilolmaydi. Stress va depressiyaga tushadi. Muammolaridan qochish uchun yoʻl qidiradi:

Oson yechim topadi — giyohvand moddalar. Afsuski vertolyotlar oʻzi bilmagan holda farzandini giyohvandlikka kirishiga sababchi boʻlib qolishi mumkin.

Yechim qanday? Vertolyot boʻlishdan qanday saqlansak boʻladi?

Yechimini ushbu postga 1000 ta reaktsiya qoldirilsa yozib qoldiraman!:

Boshqacha qilib aytganda yozishga erinyapman..😂