Xursandman. Bir maza qilib suhbatlashay!

Endi oʻtirsam, Mohir, yugur koʻrpacha olib chiq.

Qaytsam, doʻkonga yugur, pishiriq olib kel.

Endi kelsam, choyga qara.

Choy keltirsam, oshni tezlat!

Oshni kelinlar qiladi. Jiyanlarga enaga kerak. Oʻsha enaga — men.

Hamma ishlarni tugatdim. Xayriyat.

Endi oʻtirsam, mehmonlar:

Shoshib turgandik. Biz turdik. Fotiha qilaylik qani..

Tugadi.

Hazil, hazil bilan-u, fikrimcha oshiqcha mehmondoʻstligimiz ziyonga ham ishlaydi.

Maza qilib suhbatlashish oʻrniga:

Mehmon — xijolat qilish, mezbon — xijolat boʻlish boʻyicha bellashayotganga oʻxshaydi.

Nazarimda, bizni mehmon kutishimiz — rasmiy delegatsiyani kutganday oʻtkaziladi:

1-soat marosimni ochish, keyingi soat ovqatga yugur-yugur, oxirgi soat xayrlashuv marosimi.

Qani edi dasturxon bilan emas, koʻproq:

Taʼlim, farzand tarbiyasi, oila shajarasi, yangiliklar, texnologiya, kitob haqida ilmiy suhbatlar bilan mashgʻul boʻlsak.

Xullas, mehmondoʻstligimiz yaxshi, alhamdulillah.

Faqat sal oshirvoramizmi deyman-da)