Ulugʻbek Qodirov oʻynagan — «Oʻyin» degan film bor. Zoʻr kino. Eski boʻlsa-da, kuchli falsafaga ega:
Jamshid ismli yigit otasidan erta yetim qoladi. Yoshligidan tadbirkor togʻasi qoʻl ostida katta boʻladi.
Otasiz oʻsgani oʻz soʻzini aytib, qimorga qiziqishni boshlaydi. Oʻzbekistonning eng katta qimorbozi — Abror aka bilan tanishib qoladi.
U sababli katta qimorbozlar oʻyiniga qoʻshiladi. Birinchi safar katta pul yutib oladi. Qimorga qiziqishi yanada ortadi.
Ammo Jamshid keyingi qimorda juda katta pul yutqizadi. Boʻynigacha qarzga kiradi. Unga 1 hafta muhlat berishadi.
Shu hafta ichida qimorbozlar tinmay taʼqib qilishadi. Oʻlim bilan bir necha bor tahdid qilishadi.
Jamshidning hayoti jahannamga aylanadi. Hech qayerdan pul topolmaydi. Shu qadar qiynaladiki, oʻzini osmoqchi boʻladi. Oʻxshamaydi.
Belgilangan kun keladi. Qimorbozlar kattasi — Abror aka, qarzini toʻlolmagan Jamshidni oʻldirish uchun olib ketadi.
Uni bogʻlab, koʻzini oldida pichoqlarni charxlashadi. Shu vaqtda Jamshid qoʻrquvdan, xushidan ketadi.
Uygʻonsa Abror aka Jamshidni oʻz uyiga olib kelayotgan boʻladi. Hayron boʻladi. Qimorboz Abror aka unga qarab:
Qimor oʻynash qanday oqibatlarga olib kelishini koʻrdingiz. Bu yoʻlga qayta kirmang!
Deydi-da, unga qimordan yutqazgan pullarini qaytib beradi. Uyiga tashlab ketadi.
Nega?
Sababi, Jamshidning tadbirkor togʻasi va qimorboz Abror aka aslida yaqin tanishlar boʻladi.
Jamshidning togʻasi uning qimorga qiziqayotganidan xabar topib, atay shu voqealarni Abror aka bilan uyushtirgan boʻladi.
Qimordan yutqizishadan tortib, uni oʻldirishgacha boʻlgan voqealar togʻasining oʻyini boʻlib chiqadi!
Videosini shaxsiy kanalimda koʻring)
Jiyaniga pand-nasihat qilish oʻrniga, qimor nimalarga olib borishini Jamshidning tanasida his qildirib koʻradi. Ideal tarbiya!
Stsenariy va gʻoyaga tasanno.
Shunga oʻxshash post ham yozgandim: https://t.me/ustoz_kundaligi/368