1. Bolaligimda liftga bir marta chiqishni orzu qilardim.

Hozir 6-qavatda yashayman. Har kuni liftda chiqaman.

2. Ochilib-yopiladigan telefonim boʻlsa, derdim.

Hozir esa sensorli telefon ishlataman.

3. Kompyuterim boʻlishini orzu qilardim.

Hozir oʻylaganimdan ham yaxshiroq kompyuterim bor.

4. Megaplanet markaziga koʻp-koʻp borishni xohlardim.

Bir yil Yunusobodda ishladim — tushlikka har kuni kirardik.

5. Metroga tushish men uchun Dubayga borish bilan teng edi.

Talaba boʻldim, har kuni metroda qatnadim.

6. Shaharda yashasam edi, deb hayol surardim.

Koʻchib keldim. Hozir Sergelida yashayman.

7. “Oʻqishga kirsam boʻldi, armonim yoʻq”, der edim.

Oʻqishga ham kirdim..

Oʻylab qarasam, bolalikdagi barcha orzularimga Alloh erishtiribdi.

Muammo:

Biz koʻrmas, qadrlamas ekanmiz.

Birma-bir kelgani uchun sezmay ham qolarkanmiz..

Xullas, aytmoqchi boʻlganim:

Orzularga erishyapmiz.

Lekin bu noshukr nafs oʻlgur — hech toʻymayaptida!