3 yildan beri dars oʻtishda sunʼiy intellektdan foydalanaman:
Darsni tashkil qilish, taqdimotlar tayyorlash, test tuzishda karrasiga vaqtimni tejab beradi.
Ammo koʻp ustozlar sunʼiy intellektdan foydalanmasdan oddiy ishlarida ham oʻzini qiynab yurganiga guvohi boʻldim.
Foydalangan taqdirda ham baʼzi imkoniyatlardan bexabarligini koʻrdim.
Keling, hurmatli ustozlar, bugun sizlar bilan "Sunʼiy intellektdan ustozlar qanday foydalansa boʻladi?" degan mavzuda audiochat qilamiz.
Audiochatda oʻzim oʻqituvchiligimda sunʼiy intellektdan qanday foydalanishimni koʻrsatib oʻtaman.
Vaqtingizni 5-10 barobarga tejaydigan uslublarni koʻrib chiqamiz.
Qatnashing!
Bugun 20:00 da kutib qolaman. Manfaatli boʻladi, InshaAlloh.