Qizim shamollagan. Ukol olyapti:
Qoʻshni doktor har kuni ukol qiladi.
Qizim uni koʻrishi bilanoq — yigʻlaydi:
Koʻrishni istamaydi. Ketishini xohlaydi.
Aslida uni zararli illatlardan qutqarayotganini bilmaydi:
Unga manfaat berayotganidan bexabar.
Shoʻx, quloqsiz oʻquvchilar ham bizning — doktorlarimiz:
Bizni kibr, riyo, ujbdan asrab turadi.
Biz esa ularni koʻrgani koʻzimiz yoʻq. Hayotimizdan chiqishini xohlaymiz.
Aslida aynan oʻshalar bizni haqiqiy ustozga aylantiradi.
Xullas
Boringizga shukr quloqsizlar!