Yoshligimda oilaviy sayrga kam chiqardik.

Bunga sabab sharoitimiz yoʻqligi deb oʻylardim.

Notoʻgʻri fikr — notoʻgʻri xulosa chiqarishga olib keldi:

Oilaviy sayr qilish, parkda aylanish, koʻngilochar maskanlarga borish — qimmat:

Faqat boylar boradi.

Shu qarash bilan ulgʻaydim. Oilali boʻldim.

Dastlab, ortiqcha xarajat qilmaslik uchun sayrga kam chiqardim.

Bir kuni qizim bilan sayrga bogʻga bordik.

Maza qildik. Oilam ham, qizim ham — bagʻoyat baxtli!

Ularni koʻrib men ham.

Qaytgach, oʻtirib xarajatlarimizni hisobladim:

Yoʻl kira — 20 000

Kirish — 20 000

Jami: 40 000 soʻm..

Doʻstlarimiz bilan tushlikka sarflaydigan pulimizning toʻrtdan biri edi..

Oʻylab qarasam, muammo pulda emas, erinishimizda ekan:

Komfort zonamizga kirib olganmiz. Chiq desa "pulim yoʻq", deb bahona qilamiz.

Boʻlar-boʻlmas xarajatlar qilib, baxt izlaymiz..

Xullas, nima demoqchiman?

Aslida baxtli yashash qimmat emas.

Muammo erinchoqligimizdamikan?