"Ustozga hurmatsizlik nima?", deb soʻradim oʻquvchilardan
"Dars vaqtida gaplashish" — dedi darsda koʻp gaplashuvchi oʻquvchim.
"Yoʻq, darsga kech qolish" — dedi darsga doimo kech qoluvchi talabam.
"Uyga vazifa bajarmaslik" — dedi uyga vazifa bajarmaydigan oʻquvchim.
Qissadan hissa:
Qabih ish qilayotgan odam bajarayotgan ishining notoʻgʻri ekanini bilib turadi. Aks holda Misr vazirining xotini Yusufni yoʻldan urish uchun eshiklarni yaxshilab qulflarmidi?!
Oʻzimga qanday xulosa oldim?
Endi oʻquvchilarga qilgan ishlari yomonligini soatlab tushuntirib oʻtirmayman.
Shu energiyamni, muammo yechimini topishga sarflayman.
17:14